Do‘koningiz Telegram ichida
Haridor ilova yuklamaydi, saytga o‘tmaydi, ro‘yxatdan o‘tmaydi. Botni ochadi va buyurtma beradi. Tayyor yechim — do‘koningiz bir kunda ishga tushadi.
Namunalar haqiqiy do‘kon — savatga soling, buyurtma berib ko‘ring.
Buyurtma uch qadamda
Katalogdan to‘lovgacha — hammasi Telegram ichida. Haridor ilova yuklamaydi, ro‘yxatdan o‘tmaydi, saytga o‘tmaydi.
Haridor uchun
Menyu va katalog
Kategoriyalar, rasmlar, tavsif va narx. Kafeda qo‘shimchalar (sous, o‘lcham), do‘konda variantlar (rang, razmer) va har biriga alohida qoldiq.
Savat va rasmiylashtirish
Miqdor, izoh, promokod. Jami server tomonida hisoblanadi — telefondan yuborilgan narxga ishonilmaydi.
To‘lov usullari
Naqd pul — ikkala tarifda. Click va Payme — Biznes tarifida; ular Telegram ichida ochiladi, mijoz saytga o‘tmaydi.
Yetkazib berish
Hududlar, har biriga narx, bepul yetkazish chegarasi, eng kam buyurtma va taxminiy vaqt. Xaritada nuqta so‘rash — ixtiyoriy.
Olib ketish va zalda
Yetkazib berishsiz ham ishlaydi. Zalda — stol raqami bilan.
Oldindan buyurtma
Yopiq vaqtda ham buyurtma qabul qilinadi: mijoz vaqtni tanlaydi, siz ochilganda tayyorlaysiz.
Bonus
Har yakunlangan buyurtmadan belgilangan foiz mijoz hisobiga qaytadi va keyingi xaridda ishlatiladi.
Promokod
Foiz yoki summa, eng kam buyurtma sharti, muddat, bir mijozga bir marta.
Ikki til
O‘zbekcha va ruscha. Mijoz telefonining tiliga qarab o‘zi tanlanadi.
Sizning panelingiz
Buyurtmalar doskasi
Yangi buyurtma xodimlar guruhiga darrov tushadi. Holatlar: qabul qilindi → tayyorlanmoqda → yo‘lda → yakunlandi.
Katalogni boshqarish
Mahsulot qo‘shish, rasm yuklash, narx va qoldiqni o‘zgartirish — telefondan ham.
Xodimlar
Egasi, menejer va operator. Har biriga o‘z huquqi: operator narxni o‘zgartira olmaydi.
Ish vaqti
Har kunga alohida soat. Vaqtidan tashqarida do‘kon o‘zi yopiladi.
Vaqtincha yopish
Bandsiz — bir tugma bilan buyurtma qabulini to‘xtatasiz va sabab yozasiz.
Bot ko‘rinishi
Bot nomi, rasmi, tavsifi va salomlashish matni — hammasi paneldan, @BotFather‘siz.
Buyurtmalar telefoningizda
Kompyuter shart emas. Holatni bir bosishda o‘zgartirasiz, kunlik tushum yuqorida turadi.
Qanday bizneslarga to‘g‘ri keladi
Buyurtmani telefon orqali yoki Instagram’da qabul qilayotgan har qanday biznes — eng katta foydani shular ko‘radi.
🍽 Kafe, restoran, oshxona
Menyu rasmlari bilan, qo‘shimchalar va porsiyalar, yetkazib berish yoki zalga buyurtma. Choyxona, milliy taomlar, fast food.
🍰 Qandolatxona va nonvoyxona
Tort va shirinliklarni oldindan buyurtma qilish, kerakli sanaga belgilash. Tayyor bo‘lganda mijozga xabar boradi.
👕 Kiyim va poyabzal do‘konlari
O‘lcham va rang bo‘yicha variantlar, har biriga alohida ombor qoldig‘i. Butik, sport kiyimlari, bolalar kiyimi.
💄 Kosmetika va parfyumeriya
Katta katalog, brendlar bo‘yicha bo‘limlar, aksiya va promokodlar. Doimiy mijozga bonus qaytadi.
🌷 Gul va sovg‘alar
Rasm muhim bo‘lgan joyda ishlaydi. Yetkazish vaqtini mijoz tanlaydi, izohga tabrik matnini yozadi.
🛒 Mini market va oziq-ovqat
Yuzlab pozitsiya, kategoriyalar bo‘yicha qidiruv, hududga qarab yetkazish narxi va eng kam buyurtma.
📱 Elektronika va aksessuarlar
Xarakteristikalar bilan tavsif, qoldiq nazorati, kartadan to‘lov va yetkazib berish.
💧 Suv va doimiy yetkazib berish
Takroriy buyurtma bir bosishda: mijoz oldingi buyurtmasini qaytaradi, qayta terib chiqmaydi.
Kafe ham, do‘kon ham — bitta tizim
Kiyim do‘konida o‘lcham va rang variantlari, har biriga alohida qoldiq; kafeda qo‘shimchalar va porsiyalar. Ikkalasi ham shu yerdagi namunalar — ochib ko‘ring.
Ro‘yxatda o‘zingizni topmadingizmi? Yozing — bir suhbatda aniq aytamiz, do‘koningiz shu tizimda qanday ishlashini.
Qanday ishga tushadi
Tayyor yechim — dasturchi ham, texnik topshiriq ham, oylab kutish ham kerak emas. Server, domen va SSL oylik to‘lovga kiradi.
-
Siz bot yaratasiz
Telegramda @BotFather orqali, o‘z akkountingizdan. Uch daqiqa, bepul. Bot sizniki bo‘lib qoladi.
-
Biz sozlaymiz
Do‘koningizni ochamiz, nomi, logotipi va rangini qo‘yamiz, botni ishga tushiramiz. Dasturlash yo‘q — tayyor yechim, faqat sizga moslanadi.
-
Katalogni to‘ldiramiz
Menyu yoki mahsulot ro‘yxatini yuboring — birinchi pozitsiyalarni o‘zimiz kiritamiz.
-
Buyurtma qabul qilasiz
Xodimlar guruhiga birinchi buyurtma tushadi. Odatda bir kunda.
Nega agregator emas
Agregatorda
- Har buyurtmadan 15–25% komissiya
- Haridor ularniki, sizniki emas
- Yoningizda raqobatchi turadi
- Narx va ko‘rinishni ular belgilaydi
Peshtaxtamda
- Komissiya yo‘q, belgilangan oylik to‘lov
- Mijozlar bazasi va raqamlar sizda
- Faqat sizning do‘koningiz
- Menyu, narx, dizayn — o‘zingizda
Narxi
Start
Naqd pul bilan ishlaydigan do‘kon.
- O‘z botingiz, nomingiz va logotipingiz
- Menyu yoki katalog, savat, buyurtma
- Buyurtmalar paneli, xodimlar, kuryerlar
- Yetkazib berish hududlari, narxi va vaqti
- Bonus va promokodlar
- Naqd pul — kuryerga yoki kassada
- Server, domen, SSL va yangilanishlar
- Buyurtma va mahsulot soniga cheklovsiz
- Karta orqali to‘lov (Click)
- Karta orqali to‘lov (Payme)
- Shartnoma tuzishda va ulashda yordam
Biznes
Hammasi, ustiga kartadan to‘lov — Click va Payme.
- O‘z botingiz, nomingiz va logotipingiz
- Menyu yoki katalog, savat, buyurtma
- Buyurtmalar paneli, xodimlar, kuryerlar
- Yetkazib berish hududlari, narxi va vaqti
- Bonus va promokodlar
- Naqd pul — kuryerga yoki kassada
- Server, domen, SSL va yangilanishlar
- Buyurtma va mahsulot soniga cheklovsiz
- Karta orqali to‘lov (Click)
- Karta orqali to‘lov (Payme)
- Shartnoma tuzishda va ulashda yordam
Ikkalasida ham bir martalik o‘rnatish — 1 250 000 so‘m. Oylik to‘lov keyingi oydan boshlanadi.
Do‘koningizni ochamizmi?
Yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling — biznesingizni ko‘rib chiqamiz, qaysi tarif to‘g‘ri kelishini va qancha vaqt olishini aytamiz.